«Chelsi», «Liverpul» va Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Jo Koul Angliya Premer-ligasi rahbariyatini liganing amaldagi moliyaviy qoidalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi, uning fikricha, shu yo‘l bilan boshqa jamoalarda ham chinakamiga chempionlik uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ladi.
«Agar gap tarixiy grandlar — «Liverpul», «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» haqida ketsa, boshqa klublar ular bilan raqobatlashish imkoniyatiga ega emas. Xo‘sh, biz yana ellik yil davomida faqat «Arsenal», «Yunayted» va «Liverpul»ning g‘alaba qozonishini kuzatishimiz kerakmi? Mavjud qoidalarni o‘zgartirish orqaligina boshqa jamoalar ham teng darajada g‘oliblik uchun raqobatlasha oladigan vaziyat yaratishimiz mumkin» - dedi Koul TNT Sports studiyasida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi