Live
1
O'zbek

«Inter» va «Milan» italiyalik darvozabon uchun kurashadi

Futbol
11 oktabr, 05:00
«Kalyari» posboni Elia Kaprile ikki Milan klubining qiziqish doirasiga tushdi.
«Inter» va «Milan» italiyalik darvozabon uchun kurashadi
Foto: Getty Images

«Inter» va «Milan» «Kalyari» darvozaboni Elia Kaprileni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli italiyalik darvozabonning o‘yini ikki klub e’tiborini tortgan. Kaprilening «Kalyari» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilda yakunlanadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 12 mln yevroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, shartnoma yakunlanishiga ikki yil qolganida darvozabonni sotish «Kalyari» uchun qulay imkoniyatga aylanishi mumkin. Biroq hozircha klublar o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy kelishuv haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, «Kalyari» Italiya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng 12 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Milan Milan
  • Calyari Calyari
Bugungi yangiliklar