Live
1
O'zbek

Modrich: «G‘alaba — bu qayta-qayta his qilging keladigan tuyg‘u»

Futbol
11 oktabr, 03:30
Xorvatiyalik yarimhimoyachi o‘zining uzoq yillik faoliyati siri nimada ekanligini aytib berdi.
Modrich: «G‘alaba — bu qayta-qayta his qilging keladigan tuyg‘u»
Foto: Gettyimages

Xorvatiyalik yarimhimoyachi Luka Modrich o‘zining sportdagi uzoq faoliyati sirlaridan biri bilan o‘rtoqlashdi — hozir u 41 yoshda, ammo hali ham eng yuqori saviyada o‘ynashda davom etmoqda.

«Men doim aytaman: bir marta g‘alaba ta’mini totib ko‘rsang, yana o‘sha tuyg‘uni boshdan kechirging kelaveradi. Aynan shu narsa meni oldinga undaydi — va eng muhimi, o‘z ishimga bo‘lgan muhabbat. Mendan ko‘pincha buning siri nimada deb so‘rashadi, lekin hech qanday sir yo‘q. Menimcha, eng muhimi — qilayotgan ishingni sevish va bor kuchingni sarflashdir. Men deyarli 24 soat davomida o‘z ishim — futbol bilan yashayman. Aynan shu narsa meni oldinga undaydi, yana g‘alaba qozonishga intilish va kurashni davom ettirishga majbur qiladi. Chunki men juda qiziquvchan odamman va har doim boshqalar bilan raqobatlashishni yoqtiraman» - dedi Modrich pianetamilan.it saytiga.

Uzoq yillar mobaynida «Real» sharafini himoya qilgan Luka hozirda Italiyaning «Milan» klubi safida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar