Live
2
O'zbek

Liga 1. «PSJ» «Le Man»ni yengib, 5-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
10 oktabr, 16:51
    2
«Monako» o‘z maydonida «Tuluza» bilan durang qayd etib, 1-o‘ringa chiqib oldi.
Liga 1. «PSJ» «Le Man»ni yengib, 5-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Getty Images

Fransiya chempionatining 6-turida «PSJ» klubi o‘z maydonida «Le Man»ni qabul qildi. Ushbu bahsda parijliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Beraldo, Kvaratsxeliya va Akliush gollarga mualliflik qildi. Ferran Torres maydonni golsiz tark etdi.

Bu g‘alabadan so‘ng Luis Enrike jamoasi 11 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Le Man» esa 5 ochko to‘plagan holda 12-pog‘onada.

«Monako» esa o‘z maydonida «Tuluza» bilan durang qayd etdi. Natijada monagasklar 14 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Liga 1. 6-tur
PSJ — Le Man 3:1
Gollar:
Beraldo 19 penalti, Kvaratsxeliya 61, Akliush 68 – Mafuta 54
PSJ
– Safonov, Hakimiy (Due, 72), Luka Ernandes, Zabarnyi, Din, Nevesh (Zair-Emeri, 58), Beraldo (Vitinya, 59), Fernandes (Ruiz, 58), Akliush, Ferran Torres, Godts (Kvaratsxeliya, 61).
Le Man – Kotsik, Yohu, Voyer, Bua Noa, Lore, Bamba, Bretel, Verkruys (Brahimi, 66), Kaloda, Diallo, Mafuta.

Monako – Tuluza 2:2
Gollar:
Diop 29, Ablin 38 – Tengstedt 48 penalti, Oppong 59.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar