Fransiya chempionatining 6-turida «PSJ» klubi o‘z maydonida «Le Man»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Jamoalarning ushbu bahs uchun asosiy tarkiblari e’lon qilindi. Parijliklar safida Ferran Torres, Akliush ilk daqiqalardan boshlab maydonda harakat qiladi.
Luis Enrike jamoasi 8 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. «Le Man» esa 5 ochko to‘plagan holda 11-pog‘onada.
Liga 1. 6-tur
PSJ — Le Man
PSJ – Safonov, Hakimi, Luka Ernandes, Zabarnyi, Din, Nevesh, Beraldo, Fernandes, Akliush, Ferran Torres, Godts.
Le Man – Kotsik, Yohou, Voyer, Bua Noa, Lore, Bamba, Bretel, Verkruys, Kaloda, Diallo, Mafuta.