Live
10
O'zbek

Anvar Gʻofurov: «Gol urishda biroz omadimiz kelmadi»

Eksklyuziv
10 oktabr, 15:31
Gʻofurov matbuot anjumanida qatnashdi.
Anvar Gʻofurov: «Gol urishda biroz omadimiz kelmadi»
Фото: Сурхон ПФК
10.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qizilqum Qizilqum 0 : 0 Surxon Surxon

«Qizilqum» - «Surxon» (0:0) jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Gʻofurov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Assalomu alaykum! Oʻyin qiyin kechishini bilgandik, chunki ularga ham xuddi biz kabi ochkolar kerak edi. Bu uchrashuv qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini yaxshi tushunardim. Ular ham buni bilishardi, biz ham bilardik.

Bugun, menimcha, jamoamiz yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar boʻldi. «Qizilqum»da ham, bizda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Oʻylaymanki, vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, bu yerdan boshqa natija bilan qaytishimiz mumkin edi.

Yigitlarga katta rahmat, ular juda koʻp mehnat qilishdi. Menimcha, yaxshi oʻyin koʻrsatishdi. Gol urishda biroz omadimiz kelmadi, deb oʻylayman. Keyingi oʻyinlarda buning ustida ishlab, gol urishga va gʻalaba qozonishga harakat qilamiz. Umuman, har bir oʻyinga gʻalaba uchun chiqamiz, bu aniq.
Muxlislarga ham katta rahmat. Shuncha yoʻl bosib kelib, bizni qoʻllab-quvvatlaganlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Hakamlik borasida qandaydir eʼtirozlaringiz bormi? Masalan, «Andijon», «Dinamo» bosh murabbiylari hakamlarga eʼtiroz bildirishdi. Sizda ham bu borada ularga nisbatan eʼtirozlar bormi?

- Yoʻq, menimcha, bugun, ehtimol, ayrim vaziyatlar kimgadir yoqmagandir. Ammo buni inson omili bilan bogʻlash mumkin. Balki hakam hamma narsani ham payqamagan boʻlishi mumkin. Bunday holatlar boʻlib turadi, bu tabiiy. Oʻyin natijasiga taʼsir koʻrsatadigan qandaydir jiddiy holat boʻlmadi. Hakam ham inson, u ham xato qilishi mumkin, deb oʻylayman. Barchamiz buni tushunishimiz kerak, chunki hammamiz ham xato qilamiz.

Albatta, qoʻpol xatolar boʻlsa, bu har qanday insonning jahlini chiqarishi mumkin. Buni ham tushunish kerak. Ammo bugun ochiq-oydin eʼtiroz bildirish mumkin boʻlgan jiddiy shubha uygʻotadigan vaziyatlarni koʻrmadim.

- Oʻtgan yili bosh murabbiylar U-21 jamoalari asosiy tarkibdan keyin oʻynashi va shu sababli ularning uchrashuvlarini stadionda kuzata olmasliklaridan shikoyat qilishgandi. Ammo bu yil kuzatishimcha, deyarli birorta bosh murabbiy zaxira tarkiblari oʻyinida qatnashmayapti. Buning sababi nimada?

- Ha, buning teskari taʼsiri ham bor. Bizda aynan shu vaqtda mashgʻulot boʻladi. Masalan, men telefon orqali birinchi boʻlimni koʻrdim, keyin esa mashgʻulotimiz boshlandi. Mashgʻulot tugagach, hisobni yana tekshirdim. Hozircha vaziyat shunday.
U yerga yetib borish ham ancha qiyin, deb oʻylayman. Mening holatimda esa, masalan, oʻsha jamoadagi yigitlarning deyarli barchasini taniyman. Ularning deyarli barchasini yaxshi bilaman, imkoniyatlarini ham bilaman. Shu maʼnoda, balki menga biroz osonroqdir.

- Sizda Superliganing deyarli eng yosh jamoasi bor. Bugungi oʻyinda qaysi yosh futbolchilarni alohida taʼkidlay olasiz?

- Yoʻq, bizning jamoada hamma yigitlar barakalla, hammasi yaxshi oʻynadi. Menimcha, koʻpchilik jamoaviy oʻyinimizni payqadi. Albatta, jamoamizda yetakchilar bor, ammo umuman olganda, biz bir musht boʻlib harakat qilamiz.
Menimcha, bizning butun jamoamiz yulduz! Shu yoʻnalishda ishlashga harakat qilyapmiz. Hech kimni xafa qilishni istamayman, barcha yigitlarimiz barakalla. Bu aniq, mutlaqo aniq», - deya Gʻofurovning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • Surxon Surxon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar