Live
10
O'zbek

Shveytsariya Superligasi. Behruz Karimovning goli inobatga olinmagan bahsda «Lugano» raqibini tor-mor etdi

Futbol
10 oktabr, 15:25
    3
O‘zbekistonlik futbolchi 74-daqiqada zaxiraga olindi.
 Shveytsariya Superligasi. Behruz Karimovning goli inobatga olinmagan bahsda «Lugano» raqibini tor-mor etdi
Фото: Getty Images

Shveytsariya Superligasining 10-turi doirasida «Lugano» o‘z maydonida «Luzern»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 12-daqiqada Daniel dos Santos hisobni ochdi. 61-daqiqada mehmonlar futbolchisi Dantash Fernandes avtogol muallifiga aylandi. 78-daqiqada dos Santos dublni rasmiylashtirdi. 87-daqiqada esa Derek Moncada to‘rtinchi golni kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Ushbu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov asosiy tarkibda maydonga tushib, 74-daqiqada zaxiraga olindi. Shuningdek, u 4-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. 69-daqiqada Behruz raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq hakam ofsayd holati sababli uning golini hisobga olmadi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng «Lugano» ochkolarini 28 taga yetkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. «Luzern» esa 12 ochko bilan sakkizinchi pog‘onada joylashgan.

Shveytsariya Superligasi. 10-tur
Lugano – Luzern – 4:0
Gollar
: Daniel dos Santos (12, 78), Ruben Dantash Fernandes (61, avtogol), Derek Moncada (87).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lugano FC Lugano
  • FC Luzern FC Luzern
  • Shveysariya Superligasi Shveysariya Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar