Saudiya Arabistoni Pro ligasining 8-turida «Al Hilol» va «Al Ittihod» jamoalari o‘zaro bellashdi. Gollarga boy kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 11-daqiqada Martinelli «Al Hilol» nomidan hisobni ochdi. 22-daqiqada On Nosiri muvozanatni tikladi. 30-daqiqada esa Uotkinsning o‘zi gol urib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada vinger Krisensio Samervill «Al Hilol»ning ustunligini oshirdi. 89-daqiqada esa niderlandiyalik Stiven Bergveyn penaltidan gol urib, «Al Ittihod»ning hisobdagi farqni qisqartirishiga yordam berdi.
Bu g‘alabadan so‘ng Simone Inzaghi jamoasi ochkolari sonini 21 taga yetkazib, Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Eng yaqin ta’qibchilari — «Al Qodisiya» va «An Nasr» jamoalari hisobida 19 ochkodan mavjud. 17 ochko jamg‘argan «Al Ittihod» esa to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Saudiya Proligasi. 8-tur
Al Hilol – Al Ittihod 3:2
Gollar: Martinelli 12, Uotkins 30, Samervill 64 – On Nosiri 22, Bergveyn 89 penaltidan.
Al Hilol – Bunu, Mahzari, Tambakti, Kulibali, Teo Ernandes, Boubare, Ruben Nevesh, Al Dovsari, Samervill, Martinelli, Uotkins.
Al Ittihod – Raykovich, Al Shanqiti, Simich, Pereyra, Abdi, Al G‘amdi, Auarr, Lopi, Bergveyn, Al Sahafi, On Nosiri.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi