Live
2
O'zbek

Saudiya Pro ligasi. “An Nasr” o‘z maydonida “Ad Diriya”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
9 oktabr, 15:53
    7
Ronaldu faoliyatidagi 980-golini urdi.
Saudiya Pro ligasi. “An Nasr” o‘z maydonida “Ad Diriya”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
09.10.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al Nassr Al Nassr 3 : 0 Al Diriyah Al Diriyah

Saudiya Pro ligasining 9-turida “An Nasr” klubi o‘z maydonida “Ad Diriya”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Bu uning faoliyatidagi 980-gol bo‘ldi. 35-daqiqada Samu Kosta ikkinchi golni urdi. 77-daqiqada Kingsli Koman yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng Riyod klubi turnir jadvalida 19 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Ad Diriya” esa 11 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Saudiya Pro ligasi. 9-tur
An Nasr – Ad Diriya 3:0
Gollar:
Ronaldu 23, Kosta 35, Koman 77
An Nasr: Bento, Al Bushal, Simakan, Inigo Martines, Aman (Nosir, 84), Al Haybari, Samu Kosta, Koman (Yahyo, 78), Mane, Feliks (Al Hamdan, 78), Ronaldu.
Ad Diriya – Valid Abdulla, Husayn (Muhammad Heban, 68), Al Faraj, Jimsiti, Lajami, Mbemba, Bulbina (Al Qohtani, 84), Idrissa Geye, Enso Miyo, Oskar Rodriges (Vadi, 83), Darvin Nunes

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al Diriyah Al Diriyah
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar