Live
4
O'zbek

Sneyder: «Ronaldu — haqiqiy afsona. Mashg‘ulotga hammadan oldin kelib, oxirida ketardi»

Futbol
28 noyabr, 11:00
    14
Niderlandiyalik sobiq futbolchi portugaliyalik hujumchi bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi.
Sneyder: «Ronaldu — haqiqiy afsona. Mashg‘ulotga hammadan oldin kelib, oxirida ketardi»
Foto: Getty Images
28.11.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al Hazem Al Hazem 0 : 1 Al Nassr Al Nassr

«Real» va Niderlandiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Uesli Sneyder Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan paytlari haqida gapirdi.

«U ajoyib inson. Krishtianu Ronaldu ko‘pchilik o‘ylagandek odam emas. U bizdan biri edi, yaxshi yigit. Avtobusning orqa qismida doimo birga o‘tirardik, tinimsiz suhbatlashardik. Bundan tashqari, u juda hazilkash!

Hozir ham ba’zida uni ko‘rib qolaman, u hamon o‘sha-o‘sha. Men uchun u haqiqiy afsona. Ronaldu — bu sayyorada ko‘rilgan eng yaxshi futbolchilardan biri. Biz uni ko‘proq hurmat qilishimiz kerak. Krishtianu to‘liq hurmatga loyiq! U doimo mashg‘ulotga hammadan oldin kelar, oxirida esa ketardi», — deya Sneyderning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sneyder va Ronaldu 2009/10 yilgi mavsumda «Real» safida birga to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Hazem Al Hazem
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar