Live
4
O'zbek

«An Nasr» futbol tarixida yangi jahon rekordini o‘rnatdi

Futbol
28 noyabr, 09:45
Riyod klubi ketma-ket 100 ta liga bahsida gol urgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
«An Nasr» futbol tarixida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images
28.11.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al Hazem Al Hazem 0 : 1 Al Nassr Al Nassr

«An Nasr» Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 13-turida «Al Hazm» darvozasiga gol urib, futbol tarixidagi noyob natijani qayd etdi. Shu tariqa jamoa chempionatdagi ketma-ket 100 ta bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan ilk klubga aylandi.

Mazkur rekord Samu Koshta tomonidan 26-daqiqada kiritilgan gol evaziga qayd etildi. «An Nasr» klubi ushbu natijani jahon rekordi sifatida e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Riyod klubi 2026 yil sentabr oyida ketma-ket 94 ta liga bahsida g‘alaba qozonish orqali Argentina «River Pleyt»ining 1936–1939 yillarda qayd etgan 93 o‘yinlik seriyasidan o‘zib ketgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Hazem Al Hazem
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar