Live
4
O'zbek

Liga 1. “Lans” safarda “Anje”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Simadan penta-trik

Futbol
28 noyabr, 15:58
    4
Senegallik forvard 38 daqiqa ichida raqib darvozasiga beshta gol urdi.
Liga 1. “Lans” safarda “Anje”ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Simadan penta-trik
Фото: Getty Images
28.11.2026 FT Liga 1 Fransiya Angers Angers 2 : 5 Lens Lens

Fransiya chempionatining 12-turida “Lans” safarda “Anje” bilan kuch sinashib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

“Raymon Kopa” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “Lans” hujumchisi Abdalla Sima ajoyib natija qayd etdi.

Senegallik forvard 38 daqiqa ichida raqib darvozasiga beshta gol urib, penta-trik muallifiga aylandi. Sima 43, 64, 70, 76 va 81-daqiqalarda gol urib, jamoasining barcha beshta goliga mualliflik qildi.

12 turdan keyin “Lans” 17 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining yettinchi pog‘onasini egallab turibdi. “Anje” esa sakkiz ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

Liga 1. 12-tur
Anje – Lans 2:5
Gollar:
Amin 20, 48 – Sima 43, 64, 70, 76, 81.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angers Angers
  • Lens Lens
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar