Live
4
O'zbek

Kompani: «Hamburg» bilan o‘yindan o‘zimiz uchun muhim xulosalar oldik»

Futbol
28 noyabr, 13:45
«Bavariya» ustozi jamoasining durangi haqida fikr bildirdi.
Kompani: «Hamburg» bilan o‘yindan o‘zimiz uchun muhim xulosalar oldik»
Фото: Getty Images
28.11.2026 FT Bundesliga Germaniya Hamburg Hamburg 0 : 0 Bavariya Bavariya

«Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga 11-turi doirasida «Hamburg»ga qarshi kechgan bahsdan (0:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu uchrashuvda juda ko‘p voqealar sodir bo‘ldi. Yosh futbolchilarimizning ko‘rsatgan o‘yini haqiqatan ham tahsinga loyiq. Ayniqsa, «Hamburg»ga qarshi shunday darajada o‘ynash, jumladan, bu mavsumda ko‘p maydonga tushmagan Sasha Boeyning himoyadagi harakatlari e’tirofga arziydi. Bu, avvalo, mentalitet masalasi.

Bugun natija qayd etilmagani sababli haddan tashqari xursand bo‘la olmaymiz. Ammo futbolni yaxshi tushunadigan va unda yetarlicha tajribaga ega inson sifatida aytishim mumkinki, bu uchrashuvdan o‘zimiz uchun muhim xulosalar oldik.

Biroz vaqt o‘tib, vaziyat o‘zgaradi va biz yana g‘alaba qozonishni boshlaymiz. Hozir esa kurashishimiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz va muxlislarimiz bilan birgalikda jipslashib harakat qilishimiz kerak bo‘lgan davrni boshdan kechirmoqdamiz. Ishonamizki, bu qiyin bosqichdan yanada kuchli bo‘lib chiqamiz», — deya Kompanining so‘zlarini «Bavariya» klubi matbuot xizmati keltirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hamburg Hamburg
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar