“Bavariya”ning sobiq yarimhimoyachisi Lotar Matteus Myunxen klubi rahbarlarining Jamol Musiala bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi.
«Rostini aytsam, butun hafta davomida biroz hayratda qoldim. Hammasi Uli Hyonesning gaplaridan boshlandi, keyin Yan-Kristian Drizen, kecha esa Karl-Haynts Rummenigge o‘z fikrini juda aniq bildirdi. Men Karl-Hayntsni juda hurmat qilaman. Uni 30 yildan ortiq vaqtdan beri taniyman. U — ajoyib inson. Ammo, albatta, u bu so‘zlarni bejiz aytmagan.
So‘nggi ikki yil davomida «Bavariya»ni ko‘p maqtadik: «Bavariya» — katta va ahil oila. Bu yaqqol ko‘rinib turardi va aynan shu sababli bunday natijalarga erishish mumkin bo‘ldi. Unda nima uchun har ikki tomon ham tinchgina bir xonada o‘tirib, bu masalani omma oldida emas, balki Jamol Musiala tomoni va Myunxen klubi o‘rtasida shaxsiy tarzda muhokama qilmaydi?
Biz Musiala tomonidan hech qanday bayonot eshitmadik. Hozircha u «Bavariya» bilan hech qanday muzokara o‘tkazmagan. Klub ham Musialaning vakillariga murojaat qilmagan.
Menimcha, vaziyat yaqin kunlar va haftalar davomida cho‘zilib ketmasligi uchun bu ishni hoziroq amalga oshirish kerak. Chunki bu vaziyatdan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan inson — Jamol Musiala! Unga bosim o‘tkazilmoqda, undan nimadir kutishmoqda. Ayniqsa, klubda jarohat olgan futbolchilar soni ko‘pligini hisobga olsak.
Bir-biringiz bilan gaplashing, o‘zaro kelishuvga erishing!» — deya Matteusning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Matteus Jamol Musiala haqidagi fikrlari uchun «Bavariya» rahbariyatini tanqid qildi
Futbol
23 noyabr, 08:24
Klub rahbarlari futbolchining avvalgi darajasiga qaytishi va jamoadagi kelajagini shubha ostiga olishgandi.
Foto: Getty Images