Live
1
O'zbek

UFC Fight Night 294. Proxazka Stirlingga yutqazdi va boshqa natijalar

MMA
23 noyabr, 05:05
Iliya Topuriyaning akasi ham mag‘lub bo‘ldi.
UFC Fight Night 294. Proxazka Stirlingga yutqazdi va boshqa natijalar
Foto: Getty Images

21-noyabr, shanba kuni, Doha shahridagi ABHA Arena’da UFC Fight Night 294 turniri bo‘lib o‘tdi.

Kechaning markaziy jangida yarim og‘ir vazn toifasida Irji Proxazka (32-7-1) ikkinchi raundda Navaho Stirlingga (12-0) nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.

Turnirning boshqa janglari natijalari:
🔘 Aljameyn Sterling (26-6) Kevin Valexosga (19-1) hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘ldi (27:30, 27:30, 28:29).

🔘 Den Huker (25-15) Brayan Orteganing (16-6) ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi (30:27, 30:27, 30:27).

🔘 Asu Almabayev (24-4) Kyodzi Horiguchiga (37-6) hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi (27:30, 27:30, 28:29).

🔘 Ikram Aliskerov (19-2) Jared Kannonirni (18-11) hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi (30:27, 30:27, 30:27).

🔘 Aleksandr Topuriya (7-2) Santiago Lunaga (9-1) hakamlarning yakdil bo‘lmagan qarori bilan mag‘lub bo‘ldi (27:30, 29:28, 28:29).

🔘 Shamil Gaziyev (15-4) Talis(on) Teysheyraga (10-2) hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi (27:30, 28:29, 28:29).

🔘 Jeyk Metyus (23-9) Tohir Abdullayevga (21-3) hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘ldi (27:30, 27:30, 28:29).

Bugungi yangiliklar