Turinning «Yuventus» klubi vingeri Kerim Alaybegovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda BianconeraNews nashri xabar berdi.
Futbolchiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. Ma’lum qilinishicha, 19 yoshli bosniyalik futbolchini jamoa safida ko‘rishni «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonsoning shaxsan o‘zi istamoqda. Londonliklar qishki transfer oynasida Alaybegovich uchun 40 million yevro taklif qilishlari mumkin.
Biroq «Yuventus» rahbariyati iqtidorli futbolchini ushbu summa evaziga qo‘yib yuborish niyatida emas. Boisi, turinliklar Alaybegovichni o‘tgan yozda 35 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Shu bois «Chelsi»ning ehtimoliy taklifi Italiya klubini qanoatlantirmasligi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Alaybegovich bu mavsumda «Yuventus» safida barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.