AQShning «Chikago Fayr» klubi hujumchisi Robert Levandovski o‘zining golli seriyasini davom ettirmoqda.
MLS kubogi pley-off bosqichining birinchi raundi doirasida «Chikago Fayr» «Sharlott»ga qarshi dastlabki uchrashuvni o‘tkazdi. Ushbu bahsda Levandovski raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa-da, uning jamoasi 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa, 38 yoshli polshalik hujumchi MLSda ketma-ket uchinchi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tajribali futbolchi ushbu 3 ta bahsda jami to‘rt bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
«Barselona» va «Bavariya» sobiq hujumchisi bu mavsumda pley-off bosqichini ham hisobga olganda, «Chikago Fayr» safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda Levandovski 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning shu mavsumda urgan gollarining 40 foizi so‘nggi 3 ta uchrashuv hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman olganda, polshalik futbolchi mavsum davomida jamoasining 14 ta golida bevosita ishtirok etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi