Live
3
O'zbek

Myuller: «MLSda ligadan tushib ketish xavfi yo‘q. Shu sabab bosimni his qilmaysiz»

Futbol
20 noyabr, 05:28
Kanada klubida to‘p tepayotgan germaniyalik jahon chempioni ligada xotirjamlik hukm surishini aytdi.
Myuller: «MLSda ligadan tushib ketish xavfi yo‘q. Shu sabab bosimni his qilmaysiz»
Foto: Getty Images

Kanadaning «Vankuver Uaytkaps» jamoasida to‘p tepayotgan germaniyalik hujumchi Tomas Myuller MLS chempionatida bosim yo‘qligini ta’kidladi.

«Bu yerda ligadan tushib ketish xavfi yo‘q. Bosim ham yo‘q. Ligada optimizm va xotirjamlik hukm suradi», — deya yulduz futbolchining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

MLSning ushbu mavsumida 37 yoshli futbolchi 25 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol (shundan 4 tasi penaltidan) va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Myuller o‘tgan yilning yozida Kanada klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Uning «Vankuver» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyining oxirida yakunlanadi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 4 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vancouver Whitecaps Vancouver Whitecaps
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar