Live
3
O'zbek

Ronaldu faoliyati davomida penaltilardan nechtasini golga aylantira olmagan?

Futbol
20 noyabr, 15:57
Portugaliyalik futbolchi penaltilarining taxminan 83 foizini golga aylantirgan.
Ronaldu faoliyati davomida penaltilardan nechtasini golga aylantira olmagan?
Фото: Getty Images
20.11.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda 3 : 1 Al Nassr Al Nassr

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida penaltidan foydalanish borasidagi statistikasi bilan yana kun tartibiga chiqdi.

Portugaliyalik 41 yoshli forvard Saudiya Pro ligasining 13-turida «Al Ahli»ga qarshi bahsda navbatdagi penaltini aniq amalga oshira olmadi. Uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegdi.

Qayd etilishicha, Ronaldu faoliyati davomida 222 ta penalti tepib, ularning 184 tasini golga aylantirgan, 38 tasida esa muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Shunday qilib, portugaliyalik futbolchi penaltilarining taxminan 83 foizini golga aylantirgan. Bu esa uning uzoq yillik faoliyati davomidagi yuqori samaradorligini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu faoliyati davomida «Manchester Yunayted», «Real», «Yuventus» va «An Nasr» hamda Portugaliya milliy jamoasi safida 11 metrlik jarima to‘plarini amalga oshirib kelgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar