The Touchline sahifasida 2026 yil davomida jahon futbolidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingi e’lon qilindi.
Ro‘yxatda Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Portugaliyalik futbolchining daromadi 300 million dollarni tashkil etgan.
Ikkinchi o‘rinni «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchining daromadi 145 million dollarga baholangan. Kuchli uchlikni esa «Real» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 100 million dollar bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, kuchli o‘ntalikdan Erling Holand, Vinisius Junior, Lamin Yamal, Sadio Mane, Jud Bellinghem, Harri Keyn va Muhammad Saloh ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, reytingga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu eng yaqin ta’qibchisi Messidan 155 million dollar ko‘proq daromad olgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi