«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio 2013-yilda nima sababdan klubni tark etgani haqida gapirdi.
Portugaliyalik mutaxassis 2010-yildan 2013-yilgacha «qaymoqranglilar»ni boshqargan. U bu mavsum boshlanishi oldidan yana jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.
«Men 2013-yilda ham klubda qolishim mumkin edi. Ammo klubga bo‘lgan muhabbatim sababli ketishga qaror qildim. O‘sha paytda jamoaga men kabi mutaxassis kerak emasligini, boshqa profildagi murabbiy zarurligini his qildim.
Bu — mening uylarimdan biri. Bu yerda ishlagan paytimda ham shunday his qilganman, klubdan uzoqda bo‘lgan 13 yilim davomida ham bu tuyg‘u meni tark etmadi. Doimo klub uchun eng yaxshisini istaganman, muxlislarning baxtli bo‘lishini xohlaganman. Ilk kundanoq o‘zimni «Real» timsolida mujassam bo‘lgan qadriyatlarning bir qismi sifatida his qilganman.
«Real» — nafaqat ko‘plab sovrinlari, balki o‘z tamoyillari va yondashuvi bilan ham buyuk klub. Bu sportda ham, jamiyat hayotida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Klubdan tashqarida o‘tkazgan 13 yilim davomida «Real»ni Ispaniyadan tashqaridagi odamlar qanday qabul qilishini yanada yaxshiroq angladim», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Diario Sport.
Mourinio: «Real»ga muhabbatim sabab 2013-yilda jamoadan ketganman»
Futbol
19 noyabr, 11:28
Portugaliyalik mutaxassis 13 yil avval Madrid klubini tark etish sababini aytdi.
Foto: Getty Images