Live
5
O'zbek

«Barselona» himoyachisi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Futbol
19 noyabr, 10:00
Jyul Kunde bir oylik tanaffusdan so‘ng jamoadoshlari bilan shug‘ullana boshladi.
«Barselona» himoyachisi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images
22.11.2026, 08:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Villarreal Villarreal

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde jarohati sabab bir oy davomida mashg‘ulotlarda qatnasha olmaganidan keyin jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi.

Sport.es xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi 19 noyabr, payshanba kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotda umumiy guruh bilan qisman shug‘ullangan.

Kunde 17 oktyabr kuni «Betis»ga qarshi bahsda to‘pig‘idan jarohat olgan va shundan buyon maydonga tushmagandi. Himoyachining 22 noyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘z uyida o‘tkaziladigan bellashuvda ishtirok etishi istisno qilinmayapti. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionatining 12-turidan keyin 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar