«Barselona» yarimhimoyachisi Rodri Ernandes jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
«U har doim aniq va to‘g‘ridan to‘g‘ri gapiradi, shu sababli uni tushunish oson. Birinchi kundanoq mendan o‘yinga e’tibor qaratishim, jamoadoshlarim va yosh futbolchilarga yordam berishimni so‘radi. Biz o‘zaro hurmatga asoslangan yaqin munosabatlarga egamiz», — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi BarçaTimes.
Eslatib o‘tamiz, Rodri o‘tgan yozda «Barselona» safiga qo‘shilgan. Shundan buyon ispaniyalik yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 14 ta bahsda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liganing 13-turi doirasida 22 noyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi