Bugun
12
O'zbek

«Real» muxlislarining Tebasga qarshi banneridan keyin jarimaga tortilishi mumkin

Futbol
18 noyabr, 00:40
    5
Sportdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash komissiyasi Madrid klubiga 3001 yevro miqdorida jarima belgilashni taklif qildi.
«Real» muxlislarining Tebasga qarshi banneridan keyin jarimaga tortilishi mumkin
Foto: Getty Images
21.11.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Selta Vigo Selta Vigo

Ispaniya sportdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash komissiyasi «Real» klubini 3001 yevro miqdorida jarimaga tortishni taklif qildi. Bunga jamoa muxlislarining «Sevilya»ga qarshi bahsda La Liga prezidenti Xaver Tebasni tanqid qiluvchi bannerni stadionga olib kirishi va tribunada namoyish etishiga ruxsat berilgani sabab bo‘lgan. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Hodisa 18-oktyabr kuni «Santyago Bernabeu» stadionida yuz bergan. «Real» muxlislari tribunada «Bu futbol emas, bu Tebas va Negreyra» yozuvi tushirilgan bannerni ko‘targan. Ushbu shior sobiq hakamlar qo‘mitasi rahbari atrofidagi korrupsiya mojarosiga ishora qilgan. Banner tribunada uch marta namoyish etilgan.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, klub tomoshabinlarning stadionga kirishi va tribunada bo‘lishini nazorat qilish borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Xususan, katta hajmdagi banner oldindan xabardor qilinmasdan va uning yong‘inga chidamliligini tasdiqlovchi sertifikatsiz stadionga olib kirilishining oldi olinmagan.

Ispaniyaning boshqa klublariga nisbatan ham moliyaviy sanksiyalar qo‘llash taklif etilgan. «Osasuna» muxlislar guruhi Sadar Bizirikning Indar Gorri radikal birlashmasi bilan aloqalari hamda tribunadagi harakatlar ustidan nazorat yetarli bo‘lmagani uchun 30 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin.

«Betis»ga Chempionlar ligasi doirasida «Portu» va «Feyenoord»ga qarshi bahslarda pirotexnika vositalaridan foydalanilgani uchun jami 35 ming yevro jarima taklif qilingan. «Selta» esa Yevropa ligasida «Yuventus»ga qarshi bahs vaqtida alkogol savdosiga qo‘yilgan taqiqni buzgani uchun 5 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek, «Rayo Valyekano»ga «Elche»ga qarshi bahsda ruxsatsiz sakkizta banner namoyish etilgani uchun 3001 yevro jarima belgilash taklif qilingan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar