Bugun
48
O'zbek

Kurtua: «Mourinioning borligi darhol seziladi. Bizga aynan shunday inson yetishmayotgandi»

Futbol
11 noyabr, 09:15
«Real» posboni bosh murabbiyning xabarini ikki hafta kech ko‘rganini aytdi.
Kurtua: «Mourinioning borligi darhol seziladi. Bizga aynan shunday inson yetishmayotgandi»
Foto: Getty Images

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinio haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ular avval, 2014–2015 yillarda «Chelsi»da ham birga ishlashgan.

«Joze bilan yana uchrashish juda yoqimli. Uning qaytishi meni juda xursand qildi. U «Real»ga kelganida, menga xabar yozgandi, ammo ikki hafta davomida javob bermadim. O‘sha paytda samolyotda edim va xabarni ko‘rmay qolganman.

Uning o‘zi ham tajriba ortishi bilan ulg‘aygani va ancha bosiq bo‘lib qolganini aytadi. «Chelsi»da u kiyinish xonasida ancha qattiqqo‘l edi, ammo uning xarakteri o‘zgarmagan. U qayerga kirmasin, butun muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Kiyinish xonasiga kirishi bilan uning borligi darhol seziladi. Aynan shunday inson bizga yetishmayotgan edi»
, — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar