«Real» hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bunga braziliyalik 20 yoshli futbolchining ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish istagi sabab bo‘lmoqda.
Avvalroq matbuotda Endrikka bir qator klublar, jumladan, Londonning «Arsenal» va Lissabonning «Sporting» jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, Endrik ushbu ikki klubning birortasiga ham o‘tmaydi.
«Endrikning «Sporting» yoki «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu holatdan xabardor bir nechta manba ham ushbu xabarni tasdiqlamadi», — deyiladi nashr xabarida.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Endrikning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etmoqda.