Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Fransiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Milanda bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan Italiya guruh bosqichida 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam Fransiyadan 3 ochkoga ortda qolmoqda.
«Hisobimizda 7 ochko bor va oldinda yana ikkita uchrashuv turibdi. Shuning uchun keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz saqlanib qolgan. Hammasi qanday boshlanganini hisobga olsak, jamoaning hozirgi holati kutilmagan natija bo‘ldi. Ayrim vaziyatlarda bizga juda qiyin bo‘lgan. Fransiya bizdan yaxshi harakat qildi va ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Janluiji Donnarumma esa bir necha bor jamoamizni qutqardi. Ammo bu safar butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi. Biz jahonning eng kuchli jamoalaridan birini mag‘lub etishga harakat qilamiz», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlaridan keltiradi Football Italia nashri.