Bugun
48
O'zbek

Zaniolo Italiya milliy jamoasiga chaqiruvni rad etish sababini tushuntirdi

Futbol
11 noyabr, 00:00
«Udineze» yarimhimoyachisi noyabr yig‘inida ishtirok etmaslik qarori shaxsiy sabablarga bog‘liqligini bildirdi.
Zaniolo Italiya milliy jamoasiga chaqiruvni rad etish sababini tushuntirdi
Foto: Getty Images

«Udineze» yarimhimoyachisi Nikolo Zaniolo Italiya milliy jamoasining noyabr oyidagi yig‘inida qatnashishdan bosh tortgani haqida izoh berdi. Futbolchi seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu qarori yuzasidan murojaat e’lon qildi.

«Koverchanoni tark etish men uchun oson bo‘lmadi, biroq bu qarorni faqat shaxsiy sabablarga ko‘ra qabul qildim. Bosh murabbiy, xodimlar va jamoadoshlarimga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildiraman.

Shaxsiy hayotimga hurmat bilan munosabatda bo‘lishingizni va yuz bergan voqeaga aloqam bo‘lmagan taxminlarga ishonmasligingizni so‘rayman. Ushbu libos qalbimda alohida o‘rin tutadi. Uni yana kiyish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun har kuni astoydil mehnat qilishda davom etaman», — deb yozdi futbolchi.

Ma’lumot uchun, Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini milliy jamoaga qaytganidan keyin Zanioloni ikki marta yig‘inga chaqirgan. Birinchi holatda futbolchiga jarohat sababli milliy jamoa safida qatnashish nasib etmagan.

Eslatib o‘tamiz, Zaniolo faoliyatini «Udineze» klubida davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Udinese Udinese
Bugungi yangiliklar