«Vilyarreal»ning sobiq yarim himoyachisi Markos Senna «Real» hujumchisi Vinisius Junior hozirgi pasayishni yengib, yana o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishiga ishonmoqda.
«Men unga sur’atni pasaytirmaslik va sabrli bo‘lishni maslahat bergan bo‘lardim. Hozir Diomande bilan raqobat juda kuchaygan. Ammo bu Vinisiusning o‘ziga ham, butun jamoaga ham foyda keltiradi.
U avval ham bir necha bor shunday vaziyatlarga duch kelgan. Hatto formasini yo‘qotayotgandek ko‘ringan paytlarda ham tez orada yana eng yaxshi holatiga qayta olgan. Bu safar ham shunday bo‘lishiga ishonaman. Faqat biroz kutish kerak. Mavsum hali davom etmoqda.
Tan olishim kerak, Diomande erishgan taraqqiyot meni hayratda qoldirmoqda. Yaqinda uni ko‘pchilik tanimasdi, hozir esa raqiblarni aldab o‘tish uchun unda yetarlicha jasorat va texnika borligi ko‘rinib turibdi.
Shu bilan birga, «Real»ga tez moslashish oson emas. Bu klubdagi talablar boshqa jamoalarga nisbatan ancha yuqori. Ammo Diomande bu vazifani yaxshi uddalamoqda. Uning mavsumni boshlashi ancha munosib bo‘ldi», — deya Sennanинг so‘zlarini AS nashri keltirmoqda.