UFC sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili Abu-Dabida PFL tashkilotining yengil vazndagi (70 kg gacha) amaldagi chempioni rossiyalik Usmon Nurmagomedov va uning jamoasi bilan mehmonxonada mushtlashib ketdi. Voqeadan so‘ng gruziyalik sportchi o‘zi va mushtlashuvda ishtirok etgan do‘stining ahvoli haqida ma’lumot berdi.
«Men bilan birga 21 yoshli yosh do‘stim — gruziyalik kurashchi ham bor edi. U Usmon va Umar Nurmagomedov bilan birdek jang qildi. U hatto: «Agar mendan faqat ikki kishi ustun kela olsa, demak, MMAga o‘taman», dedi.
Shundan keyin u boshqa yigitlar bilan ham mushtlashdi. Xudoyim! Qo‘riqchilar meni ushlab turishganida, ular bizni oyoq va mushtlari bilan tepib, urishdi. Bu nima degani o‘zi?
Hayot go‘zal, yigitlar! Hammasi yaxshi», — dedi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi