Bugun
48
O'zbek

«Everton» De Bruyneni APLga qaytarmoqchi

Futbol
11 noyabr, 16:14
Mersisaydliklar 35 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin.
«Everton» De Bruyneni APLga qaytarmoqchi
Фото: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Avvalroq Neapol klubi yanvar oyida yuqori maosh oluvchi belgiyalik futbolchi bilan xayrlashish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, «Everton» vakillari Kevinning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Mersisaydliklar 35 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin. Bu esa uning «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga olti oy qolgan vaqtga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne bungacha 10 yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan.

Bu mavsumda futbolchi Massimiliano Allegri boshqaruvidagi barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar