«Minnesota Yunayted» hujumchisi Kelvin Yeboa faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ganalik 26 yoshli futbolchi «Everton», «Ipsvich» va «Kristal Pelas» klublari qiziqish doirasida. Yeboaning «Minnesota» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning oxirigacha mo‘ljallangan.
Hujumchi MLSning bu mavsumida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kelvinning Yevropada o‘ynash tajribasi ham bor. U faoliyati davomida «Jenoa», «Augsburg», «Standard», «Monpelye» va yana bir nechta klub sharafini himoya qilgan.
Shuningdek, Yeboa «Vest Hem» klubining futbol akademiyasida tahsil olgan. Ammo APLning birorta jamoasida o‘ynamagan.