Live
6
O'zbek

Iraola: «Turkiyadagi mag‘lubiyatdan keyin bu g‘alaba bizga juda zarur edi»

Futbol
9 noyabr, 02:45
«Liverpul» bosh murabbiyi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin haqida gapirib o‘tdi.
Iraola: «Turkiyadagi mag‘lubiyatdan keyin bu g‘alaba bizga juda zarur edi»
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Kristal Pelas Kristal Pelas 1 : 3 Liverpul Liverpul

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya chempionatining 10-turida «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Turkiyadagi mag‘lubiyatdan keyin bu g‘alaba bizga juda zarur edi. Payshanba kuni kech qaytdik va yana safarda o‘ynadik. Bunday stadionlarda g‘alaba qozonish yo‘lini topish muhim.

Birinchi bo‘limda o‘yin ochiq kechdi, har ikki jamoada imkoniyatlar bo‘ldi. Alissonning seyvi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Tanaffusgacha hisobni ochganimiz ham muhim edi.

Ikkinchi bo‘limda himoyada ancha ishonchli harakat qildik va o‘yinni nazorat qildik. Hisob 3:0 bo‘lganiga qaramay, bahs oson kechmadi.

Oxirgi daqiqalarda belgilangan penaltidan xafaman. Natijaga ta’sir qilmasa ham gol o‘tkazmasdan o‘yinni yakunlash qiyin», — dedi Iraola.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda «Liverpul» 18 ochko bilan to‘rtinchi, «Arsenal» esa 27 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Liverpul Liverpul
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar