Live
6
O'zbek

UFC Shara Bullet va Israel Adesanya o‘rtasidagi jangni rasman e’lon qildi

MMA
9 noyabr, 01:20
Ushbu jang 5-dekabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
UFC Shara Bullet va Israel Adesanya o‘rtasidagi jangni rasman e’lon qildi
Foto: UFC

UFC tashkiloti rossiyalik jangchi Sharabutdin Magomedov (Shara Bullet) va sobiq chempion Israel Adesanya o‘rtasidagi to‘qnashuvni rasman e’lon qildi.

Ushbu jang 5-dekabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Ikki sportchi o‘rtasidagi bahs kechaning asosiy jangi maqomini olgan.

Shara Bullet hozirgacha professional aralash yakkakurashlar faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazib, ularning 17 tasida g‘alaba qozongan va faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan.

Nigeriyalik Israel Adesanya esa oktagonda katta tajribaga ega. Uning hisobida 24 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat bor.

Shu tariqa, Saudiya Arabistonidagi turnirda ikki taniqli o‘rta vazn jangchisi o‘zaro kuch sinashadi. Ularning to‘qnashuvi musobaqaning markaziy voqeasi bo‘ladi.

Avvalroq UFC Fight Night 271 doirasida Adesanya nokautga uchrab, ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar