Live
4
O'zbek

UFC Fight Night 271. Adesanya nokautga uchrab, ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi

MMA
29 mart, 01:05
AQShning Sietl shahrida UFC Fight Night 271 turniri bo‘lib o‘tdi.
UFC Fight Night 271. Adesanya nokautga uchrab, ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Foto: Getty Images

28 martdan 29 martga o‘tar kechasi AQShning Sietl shahrida UFC Fight Night 271 turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda asosiy jang o'rta vazn toifasida Isroil Adesanya (24-6) va Jo Payfer (16-3) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Yakunda Adesanya 2-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish lozim, bu uning ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Avvalroq Oq uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turniridagi janglar ro‘yxati e'lon qilingan edi.

Asosiy kard doirasidagi boshqa janglar:

● Aleksa Grasso (17-5-1) birinchi raundda Meysi Barberni (15-3) bo‘g‘ish usulida mag‘lub etdi;

● Maykl Kieza (20-7) birinchi raundda Karlston Harrishni (19-8) bo‘g‘ish usulida yengdi;

● Julian Erosa (31-14) birinchi raundda Lerrain Daglasga (2-0) nokaut bilan yutqazdi;

● Mansur Abdul-Malik (10-0-1) uchinchi raundda Yusri Belgariuni (9-4) nokautga uchratdi;

● Terrens Makkinni (18-8) birinchi raundda Kayl Nelsonni (17-7-1) nokaut bilan mag‘lub etdi.

Bugungi yangiliklar