Live
1
O'zbek

Kerrik: «Iste’fo? Bunday bo‘lmaydi»

Futbol
9 noyabr, 05:16
    11
«MYU» bosh murabbiyi «Aston Villa» bilan durangdan so‘ng klubdagi kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
Kerrik: «Iste’fo? Bunday bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 4 : 4 Aston Villa Aston Villa

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL 10-turida “Aston Villa” (4:4) bilan qayd etilgan durangdan soʻng oʻz kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.

Ayni paytda jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Bu mankunianliklarning so‘nggi 40 yil ichida 10-turdan keyingi eng yomon natijasi hisoblanadi.

— Agar buni to‘g‘ri qaror deb hisoblasangiz, jamoani tark etishingiz mumkinmi?

— Bunday bo‘lmaydi.

— Kelajagingiz bo‘yicha muzokaralar olib borilyaptimi?

— Olib borilishi kerakmi?

— Demak, bunday bo‘lishini kutmaslik kerakmi?

— Sizningcha-chi?

— Siz nima deb o‘ylaysiz?

— O‘zingiz nima deb o‘ylashimni so‘rayapsiz-ku.

— Men sizdan fikringizni so‘rayapman.

— Biz yetarlicha ko‘p g‘alaba qozona olmadik. Ammo ishimizni davom ettirishimizga, shu paytgacha ustida ishlagan jihatlarimizni yanada takomillashtirishimizga ishonaman. Bugungi o‘yinimizda ham ijobiy jihatlar ko‘p bo‘ldi. Ayrim kamchiliklarni bartaraf etamiz va g‘alaba qozonishni boshlaymiz, — dedi Kerrik Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar