Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz Parijdagi «Masters» turniri finalida Ben Sheltonni mag‘lub etdi.
Natijada ispaniyalik tennischi ATP turnirlaridagi 29-titulini, ushbu mavsumdagi beshinchi va «Masters» turnirlaridagi to‘qqizinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Endi Karlosning hisobida ATP 1000 turkumidagi to‘qqizta turnirdan yettitasida qo‘lga kiritilgan chempionlik titullari bor. U faqat Kanada va Shanxaydagi musobaqalarda g‘olib bo‘lmagan.
Bundan tashqari, Alkaraz tennis tarixida ketma-ket besh mavsumda ATP 1000 turkumidagi turnirlarda chempion bo‘lgan uchinchi tennischiga aylandi. Avvalroq Novak Jokovich (2011–2016, 2018–2023) va Rafael Nadal (2005–2014) shunday natijaga erishgan.
Shuningdek, 23 yoshli tennischi g‘alabali seriyasini 10 ta o‘yinga yetkazdi. U o‘tgan hafta Venadagi turnirda ham chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Endi Alkarazning Ben Sheltonga qarshi o‘zaro uchrashuvlardagi ustunligi 4:1 ni tashkil etmoqda. Amerikalik tennischi yagona g‘alabasini 2026 yilgi US Open turnirining chorak finalida qo‘lga kiritgan.
Rolex Paris Masters
Parij, Fransiya
2–8 noyabr, 2026
ATP Masters 1000
Mukofot jamg‘armasi – 6 309 095 yevro
Yopiq kortlar, hard
Final
Karlos Alkaraz (Ispaniya) — Ben Shelton (AQSh) 7:6, 7:5
Alkaraz — Parij ATP g‘olibi
Tennis
9 noyabr, 04:45
Ispaniyalik tennischi finalda amerikalik Ben Sheltonni mag‘lub etdi.
Foto: Getty Images