Live
1
O'zbek

Fabregas: «Inter» kuchli. Biz uchun har 3 kunda o‘yin o‘tkazish — yangilik»

Futbol
9 noyabr, 05:05
«Komо» bosh murabbiyi amaldagi chempiondan uchragan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Fabregas: «Inter» kuchli. Biz uchun har 3 kunda o‘yin o‘tkazish — yangilik»
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Italiya A seriyasi Inter Inter 2 : 0 Komo Komo

“Komo” bosh murabbiyi Fransesk Fabregas Italiya chempionati 11-turidan oʻrin olgan “Inter” (0:2) bilan bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

«O‘yinni yomon boshladik va xatoga yo‘l qo‘ydik. O‘zimizga bo‘lgan ishonch yetarli darajada emasdi. Ammo «Inter»ni g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak — ular bizdan kuchliroq o‘yin ko‘rsatishdi.

Bu bahs bizga muvozanat qanchalik muhim ekanini angl atishi kerak. Hali rivojlanish jarayonidamiz, oldimizda uzoq yo‘l bor. Hozir vaziyat boshqacha: har uch kunda o‘yin o‘tkazish — biz uchun yangi holat. Ammo yigitlarni ham maqtash kerak — hozircha vazifamizni yaxshi uddalayapmiz. «Inter» esa haqiqatan ham kuchliroq ekanini tan olishimiz lozim.

Yigitlarning har kuni qilayotgan ishlaridan faxrlanaman. Ammo murabbiy sifatida men ham moslashishim kerak. Masalan, tanaffus vaqtida almashtirishlarni amalga oshirishim lozim.

Aynan shunday tarzda mag‘lub bo‘lganimiz ko‘proq xafa qilmoqda — to‘pni juda oson yo‘qotdik. «Inter» — qarshi hujumlarda o‘ynaydigan eng yaxshi jamoalardan biri. Bundan tashqari, ular 13 marta qoida buzishdi va buni yaxshi uddalashdi, biz esa atigi 5 marta fol ishlatdik. Bunday o‘yinlarda qoidabuzarliklar uchrashuv sur’atiga biroz ta’sir qilishi mumkin. Bizga aynan shu narsa yetishmadi, «Inter» esa bu borada juda yaxshi harakat qildi»,
— dedi ispaniyalik mutaxassis DAZN efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Komo Komo
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar