Live
3
O'zbek

«Lans» Yevrokuboklar tarixida top-5 liga klublari uchun antirekord o‘rnatdi

Futbol
5 noyabr, 05:00
Fransuz jamoasi o‘z maydonida «Komо»dan 1:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«Lans» Yevrokuboklar tarixida top-5 liga klublari uchun antirekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Lens Lens 1 : 9 Komo Komo

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Lans» o‘z maydonida Italiyaning «Komo» klubiga 1:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija Yevrokuboklar tarixida top-5 chempionat vakillari uchun antirekord bo‘ldi.

Jurnalist Aleksis Martin-Tamayo (Mister Chip)ning X ijtimoiy tarmog‘idagi ma’lumotiga ko‘ra, «Lans» Yevrokuboklar tarixida o‘z maydonida to‘qqizta gol o‘tkazib yuborgan top-5 liga vakili bo‘lgan ilk klubga aylandi.

Gollarga Antoniy Duvikas (7, 32, 57), Niko Pas (40), Luka Da Kunha (47), Mark-Oliver Kempf (53), Martin Liberali (62), Martin Baturina (69) va Papachcholi (90+1) mualliflik qildi. Mezbonlar safida esa Aguilar (65) bitta gol urdi.

Ma’lumot uchun, to‘rt turdan keyin «Komo» 9 ochko bilan umumiy jadvalning to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda. «Lans» esa 3 ochko bilan 33-o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda «Komo» 24 noyabr kuni AEKni qabul qiladi, «Lans» esa safarda «Leypsig» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lens Lens
  • Komo Komo
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar