Live
3
O'zbek

Rasman: «Bavariya» Keyn bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirdi

Futbol
5 noyabr, 04:00
    1
Myunxenliklar «Oltin to‘p» sohibi bilan yangi shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Rasman: «Bavariya» Keyn bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirdi
Foto: FC Bayern Munich

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchi Garri Keyn bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman ma’lum qildi.

33 yoshli angliyalik futbolchining yangi kelishuvi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Qayd etish lozim, Keyn 2023 yilda «Tottenhem»dan 95 million yevro evaziga «Bavariya»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shandan buyon u myunxenliklar hujumining asosiy yetakchilaridan biriga aylandi.

Hujumchi Germaniya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 161 uchrashuv o‘tkazib, 156 gol urdi va 41 golga uzatma amalga oshirdi.

Shuningdek, Garri «Bavariya» bilan ikki marta Bundesliga g‘olibi bo‘lgan. Bundan tashqari, u Germaniya kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Qolaversa, angliyalik futbolchi 2026 yilda faoliyatida ilk bor «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Avvalroq Keyn «Oltin to‘p»ni Chempionlar Ligasi kubogiga almashtirishga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar