Hansi Flik boshqaruvidagi jamoalar Chempionlar ligasi tarixidagi eng sermahsul futbolni namoyish etmoqda.
«Barselona» 3 noyabr kuni 4-turda «Aston Villa»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada nemis mutaxassisi boshqaruvidagi jamoalarning Chempionlar ligasida urgan gollari soni 48 ta bahsda 146 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, Flik «Barselona»ga kelguniga qadar «Bavariya»ni boshqargan.
Hansining jamoalari YCHLdagi har bir o‘yinda o‘rtacha 3,04 tadan gol urmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga eng yaqin murabbiylar — Vensan Kompani (2,71), Luis Enrike (2,42) va Pep Gvardiola (2,32).
Ma’lumot uchun, «Barselona» YCHLdagi navbatdagi bahsini 25 noyabr kuni Ozarbayjonda «Sabah»ga qarshi o‘tkazadi.
Flikning jamoalari YCHLda o‘rtacha bir o‘yinda 3,04 ta gol urmoqda. Bu — rekord
Futbol
4 noyabr, 05:55
Enrike uchinchi, Gvardiola to‘rtinchi o‘rinda.
Foto: FC Barcelona