Bugun
60
O'zbek

YCHL. «Leypsig» — «Man Siti» bahsi qachon boshlanadi va qayerda namoyish etiladi?

Futbol
4 noyabr, 03:00
Jamoalar umumiy bosqichning 4-turida Germaniyada o‘zaro bahs olib boradi.
YCHL. «Leypsig» — «Man Siti» bahsi qachon boshlanadi va qayerda namoyish etiladi?
Foto: Getty Images
04.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Leypsig Leypsig - : - Manchester Siti Manchester Siti

Bugun, 4 noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida «Leypsig» hamda «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Bahs Leypsig shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Italiyalik hakam Marko Gida bosh hakam sifatida ishlaydi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 1:00 da boshlanadi. O‘zbekiston hududida o‘yinni «Zo‘r TV» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, jamoalar umumiy bosqichning 5-turida 24 noyabr kuni maydonga tushadi. «Leypsig» «Lans» bilan, «Manchester Siti» esa «Napoli» bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — «PSJ». Parij klubi o‘tgan mavsum finalida «Arsenal»ni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etgan. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar