Bugun, 4 noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turi doirasida Afinaning AEK jamoasi Madridning «Real» klubini qabul qiladi. Bahs Afinadagi «OPAP Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi. Italiyalik hakam Mauritsio Mariani bosh hakam sifatida ishlaydi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da boshlanadi. O‘zbekiston hududida o‘yinni «Zo‘r TV» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, «Real» umumiy bosqichda 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining beshinchi pog‘onasini egallab turibdi. AEK hisobida esa 3 ochko bor va jamoa 27-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichning 5-turida AEK 24 noyabr kuni «Komo» bilan, «Real» esa PSV bilan bahs olib boradi. Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — «PSJ».