Bugun
60
O'zbek

Rafinya «Barselona» safida gollar soni bo‘yicha Ronaldinio bilan tenglashdi

Futbol
4 noyabr, 01:20
    9
Braziliyalik hujumchi kataloniyaliklar safidagi 94-golini «Aston Villa»ga qarshi bahsda kiritdi.
Rafinya «Barselona» safida gollar soni bo‘yicha Ronaldinio bilan tenglashdi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Barselona» sardori Rafinya Dias klub safida urilgan gollar soni bo‘yicha afsonaviy vatandoshi Ronaldinio bilan tenglashdi.

Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Aston Villa»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. U 52 va 64-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Barca Universal nashrining xabar berishicha, ushbu gollardan keyin Rafinyaning «Barselona» safidagi barcha turnirlarda urgan gollari soni 94 taga yetdi. Shu tariqa u 2003–2008-yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan Ronaldinio bilan tenglashdi.

Ma’lumot uchun, Rafinya ushbu natijaga erishish uchun 190 ta bahsda maydonga tushgan. Ronaldinioga esa 94 ta gol urish uchun 207 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» «Aston Villa»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasi umumiy bosqichida navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar