«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Yuri Tilemans Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Roma» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Mankunianliklar bahs davomida ikki to‘plik ustunlikni boy berib, keyinchalik hisobni o‘z foydasiga hal qildi.
«Butun bahs davomida, qolaversa, so‘nggi bir necha oy ichida muxlislarimiz ajoyib bo‘lishdi. Ular bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Xuddi biz kabi, ular ham natijalardan hafsalasi pir bo‘lgandi. Vaziyatni o‘zgartira olganimiz ajoyib bo‘ldi. Jamoa kuchli xarakter namoyish etdi», — deya Tilemansning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Ma’lumot uchun, «MYU» — «Roma» bahsida rimliklar dastlab 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan. Brunu Fernandesh penaltidan, Mateus Kunya esa ikkita gol urib, mankunianliklarga g‘alaba keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasidagi navbatdagi bahsini uch haftadan so‘ng safarda Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi o‘tkazadi.