Bugun
60
O'zbek

«Bu biz uchun muhim muvaffaqiyat bo‘ldi» — «Aston Villa» ustidan yirik g‘alabasini izohladi

Futbol
3 noyabr, 21:00
    6
Nemis mutaxassisi jamoasining himoyadagi ishonchli o‘yinidan mamnun ekanini ta’kidladi.
«Bu biz uchun muhim muvaffaqiyat bo‘ldi» — «Aston Villa» ustidan yirik g‘alabasini izohladi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Aston Villa» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«Bu biz uchun muhim muvaffaqiyat bo‘ldi. Juda kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Himoyada ishonchli harakat qildik va bu boradagi o‘yinimizdan mamnunmiz. Darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish uchun har bir futbolchi bor kuchini sarfladi.

Biroq oldinda hali ko‘p ishlar turibdi. Barcha futbolchilar ajoyib bahs o‘tkazdi. Ular orasidagi masofa juda qisqa edi. Jamoa zich harakat qildi va o‘z jarima maydonimizda to‘g‘ri himoyalandi», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot uchun, «Barselona» — «Aston Villa» bahsida Lamin Yamal 7-daqiqada hisobni ochdi. Rafinya esa 52 va 64-daqiqalarda ikkita gol urib, kataloniyaliklarga yirik g‘alabani taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda «Barselona» 25 noyabr kuni safarda Ozarbayjonning «Sabah» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. «Aston Villa» esa bir kun avval Turkiyada «Galatasaroy» mehmoni bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar