Live
1
O'zbek

«MYU» to‘qqizta o‘yинlik g‘alabasiz seriyaga barham berdi

Futbol
3 noyabr, 17:40
Jamoa so‘nggi bor 10-sentabr kuni g‘alaba qozongandi.
«MYU» to‘qqizta o‘yинlik g‘alabasiz seriyaga barham berdi
Фото: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted 3 : 2 Roma Roma

«Manchester Yunayted» Yevropa Chempionlar ligasi 4-turida o‘z maydonida «Roma»ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

83-daqiqaga qadar 1:2 hisobida ortda borayotgan «qizil iblislar» Mateus Kunyanning uchrashuvdagi dubli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Shu tariqa, Maykl Kerrik shogirdlarining g‘alabasiz seriyasi to‘qqizta o‘yindan so‘ng nihoyasiga yetdi. Bugungi g‘alaba jamoa uchun barcha musobaqalarda 10-sentabrdan buyon ilk bor qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bo‘ldi. O‘shanda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida Ozarbayjonning «Sabah» klubini 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Endilikda jamoa 26-noyabr kuni Chempionlar ligasi 5-turida «Sporting» mehmoni bo‘ladi. Lissabonliklar umumiy turnir jadvalida 9 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Ingliz klubi esa 6 ochko bilan 16-pog‘onada.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar