«Aston Villa» sobiq futbolchi Jeymi Karragerga qarshi sudga murojaat qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda Sports.ru xabar bermoqda.
Avvalroq Birminghem klubi «Liverpul»ning sobiq himoyachisi ustidan sudga da’vo kiritishini ma’lum qilgandi. Karrager «Aston Villa» hech qachon «Manchester Yunayted» darajasiga chiqa olmasligini aytgan va klub muxlislarini «jim bo‘lishga» chaqirgandi.
Keyinchalik mutaxassis o‘z so‘zlari uchun uzr so‘radi va bu gaplarni hazil tariqasida aytganini tushuntirdi.
Ma’lumot uchun, Jeymi Karrager futbolchilik faoliyatining katta qismini «Liverpul» safida o‘tkazgan. U hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» Karragerning bayonotlaridan so‘ng unga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish niyatida ekanini bildirgan edi.