Live
3
O'zbek

Subimendi «Arsenal»ni qishki transfer oynasida tark etishi mumkin

Futbol
3 noyabr, 05:30
Ispaniyalik yarimhimoyachiga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Subimendi «Arsenal»ni qishki transfer oynasida tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

«Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Subimendi qishki transfer oynasida London klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayrim Yevropa klublari futbolchining jamoadan ketish istagi haqida ma’lumot olgan. Vaziyatni «Real», «Barselona», «Atletiko», «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari diqqat bilan kuzatmoqda.

Shuningdek, «Arsenal» yanvar oyida Subimendini ijaraga berish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq ehtimoliy bitimning yakuniy shartlari hali muhokama qilinishi kerak.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 10 ta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali Subimendining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar