Elit Chempionlar Ligasi doirasidagi «Paxtakor» — «An Nasr» bahsidan so‘ng stadiondagi o‘rindiqlar holati va ayrim sektorlarga kirish bilan bog‘liq muammolar ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi. Toshkent klubi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, «An Nasr» kabi mashhur futbolchilarga ega jamoaga qarshi bahsni imkon qadar ko‘proq muxlislar stadiondan tomosha qilishi uchun tribunalarni ta’mirlash ishlari olib borilgan. Jarayon davomida ko‘plab sektorlardagi o‘rindiqlar ta’mirlangan va almashtirilgan. Ayrim sektorlarning o‘rindiqlari hamda qatorlari raqamlangan.
Shu bilan birga, stadiondagi barcha o‘rindiqlar hali yangilariga almashtirilmagan. Ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. O‘rindiqlarni to‘liq raqamlash ham klubning kelgusi rejalaridan joy olgan.
«Paxtakor» vakillari o‘yin oldidan, yakshanba va dushanba kunlari stadion xodimlari tomonidan o‘rindiqlar hamda hudud tozalab chiqilganini bildirdi. Biroq tabiiy sabablar tufayli o‘rindiqlarda chang to‘planishi va eskirgan ayrim joylarni almashtirish zarurati borligi ham inkor etilmadi.
Ma’lumot uchun, klub stadiondagi ta’mirlash va yangilash ishlarini bir vaqtning o‘zida emas, bosqichma-bosqich amalga oshirishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» «Al Nassr» bahsida mehmonlar 2:6 hisobida g'alaba qozondi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi